DIGITAL TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai
The Journal is a publication specializing in the field of digital economy and information technologies.

Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt ilmiy jurnali
Tashkent State University of Economics en-US DIGITAL TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE 3030-3346 NOMIQDORIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH MASALALARINI YECHISHDA BELGILAR TURLARIGA RAQAMLI ISHLOVLAR BERISH USULLARI https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i41
Ushbu maqolada turli xildagi ma’lumotlarni tahlil qilish masalalarida belgilar turlarini almashtirish, belgilarga raqamli ishlovlar berish usullarini ishlab chiqish, ma’lumotlarga ishlov berishning klassik usullaridan hamda taklif qilingan usullar va algoritmlardan foydalangan holda ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlarini yaratish masalalari keltirib o‘tilgan. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlarga ishlov berish usullarini takomillashtirish maqsadida turli xil belgilar fazosida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish masalasi mustaqil muammo sifatida ko‘rib chiqildi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqildi. Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishda o‘quv tanlanmalarini shakllantirishga bo‘lgan yondashuvlar chuqur o‘rganildi. Turli xil ma’lumotlar asosida tadqiqot tanlanmalarini shakllantirish hamda ularni faoliyatda qo‘llash imkonini beruvchi dasturiy vositalar tahlil qilindi. Miqdoriy bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning miqdoriylashtirilishida raqamlashtirish jarayonida miqdoriy bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning gradatsiyalarini mantiqiy matritsaga ega chiziqli operator yordamida miqdoriy belgilar majmuasiga o‘tkazish usuli taklif qilindi.
Axram Nishanov Alisher Tursunov Bahromjon Abdurahmonov Khisomiddin Ilhamov Copyright (c) 2025 Nishanov Axram Xasanovich, Tursunov Alisher Tulkunovich, Abdurahmonov Bahromjon Alisherovich, Ilhamov Khisomiddin Shotursunovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2025-08-04 2025-08-04 3 4 1 6 TA’LIM MA’LUMOTLARINI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH UCHUN MASHINANI O‘RGATISH ALGORITMLARINING QO’LLANILISHI https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i42
Ta’lim jamiyatning barcha sohalari asosini tashkil etadi. Shuning uchun, sifatli ta’limni ta’minlash har bir davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda sifatli ta’limni kafolatlash uchun bir qancha vositalar qo‘llanilmoqda. Mashinani o‘rgatish algoritmlari hozirgi paytda ta’lim tizimiga samarali tatbiq etilayotgan sohalardan biridir. Ushbu maqolada keltirilgan har bir ilova bir nechta mashinani o‘rganish algoritmlaridan iborat bo‘lib, ta’lim sohasida mashinani o‘rgatish algoritmlarining qo‘llanilishini umumiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz. Mashinani o‘rgatish algoritmlariga tayanuvchi ilovalarning maqsadi talabaning psixologik holatini aniqlash, unda qiziqish uyg‘otgan fanni belgilash, talabaning o‘rganayotgan fan bo‘yicha bahosini bashorat qilish hamda uni sinflarga ajratishdan iborat. Har bir ilovada qo‘llanilayotgan mashinani o‘rganish algoritmlarini batafsil tahlil qilib o‘tamiz. Ushbu ilovalar moslashuvchan xususiyatga ega bo‘lib, ular ta’limning har bir bosqichida samarali qo’llanilishi mumkin. Shuningdek, ilovalarga asoslangan ta’lim platformalari ham arzon narxda yaratiladi. Maqolada ta’lim sohasida har bir mashinani o‘rgatish algoritmining samaradorligi ham muhokama qilinadi.
Erkaboy Samandarov Copyright (c) 2025 Erkaboy Samandarov https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2025-08-04 2025-08-04 3 4 7 14 REACT ILOVALARI SAMARADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI VA MATEMATIK TA’MINOTI https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i43
Maqolada React asosida ishlab chiqilgan web‑ilovalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar va ularning matematik ta’minoti tahlil qilinadi. Zamonaviy web-interfeyslar tezkorlik, kam resurs talab qilishi va yuqori foydalanuvchanlik talablarini qondirishi zarur. Shu munosabat bilan, maqolada web‑ilovaning yuklanish vaqti, xotira sarfi va qayta renderlar soniga ta’sir etuvchi omillar asosida bir nechta matematik modellar taklif etilgan. Xususan, memoizatsiya va lazy loading kabi texnik usullarning amaliy ta’siri hisoblab chiqilgan va integral samaradorlik indeksi (E) orqali baholangan. Tadqiqot davomida real kod fragmentlari va optimallashtirilgan arxitektura variantlari asosida eksperimentlar o‘tkazildi. Hisoblash natijalari taklif etilgan modellarning ishonchli ekanini tasdiqladi hamda React ilovalarini samaradorlik jihatdan baholash va takomillashtirish uchun universal yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Go‘zal Gulmirzaeva Dauranbek Joldasbaev Jaloliddin Rajabov Ajiniyaz Umirbayev Copyright (c) 2025 Gulmirzaeva Go‘zal Alisher qizi, Joldasbaev Dauranbek Rustem uli, Rajabov Jamshid Akbarali o‘g‘li, Umirbayev Ajiniyaz Maxsetbay uli https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2025-08-04 2025-08-04 3 4 15 21 ЭЛЕКТР ТАРМОҚЛАРИ ОБЪЕКТЛАРИДАГИ ЖАРАЁННИ АВТОМАТЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i44
Мазкур мақола электр тармоқлари корхоналарида электр энергиясини истеъмолчиларга етказиб беришдаги объектларни (подстанция, трансформатор, фидер) параметрлари бўйича идентификациялаш, электр тармоғини ташкил қилиш, фаолият жараёнидаги ҳолатни мониторингини олиб бориш ва қарорлар қабул қилиш бўйича автоматлаштирилган бошқарув тизимини қуриш масалаларига бағишланган.
Elmurod Babadjanov Ансатбай Рысназаров Шерзод Сабиров Copyright (c) 2025 Элмурод Бабаджанов, Ансатбай Рысназаров, Шерзод Сабиров https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2025-08-04 2025-08-04 3 4 22 28 AXBOROTNI HIMOYA QILISHDA SUN’IY IMMUN TIZIMLAR AHAMIYATI VA ROLI https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i45
Ushbu maqolada sun’iy immun tizimlarini axborot texnologiyalari sohasiga kirib kelish xususiyatlari, yangi atamalarning paydo bo‘lishi va insonning biologik immun tizimining noyob xususiyatlari – yot jismlarni aniqlash, xotira, o‘zgarish va o‘z-o‘zini takomillashtirish qobiliyati muhokama qilingan. Shuningdek, sun’iy immun tizim algoritmlarining kompyuter tizimlariga bo‘ladigan hujumlarni, yangi kompyuter viruslarini aniqlash, spamdan himoyalanish va boshqa himoya masalalarini hal etishdagi qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Maqolada sun’iy immun tizim va sun’iy neyron tarmoqlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar ham tahlil qilingan. Sun’iy immun tizimni axborot xavfsizligida dinamik va adaptiv yechimlar sifatida ko‘rsatilib, zamonaviy kibertahdidlarga qarshi kurashishdagi samaradorligi baholangan.
Shukhratjon Umarov Munojatxon Umarova Copyright (c) 2025 Umarov Shuxratjon Azizjonovich, Umarova Munojatxon Ibragimovna https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2025-08-04 2025-08-04 3 4 29 34