VETERINARIYA YAGONA AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISHDA RAQAMLI INTEGRATSIYA TAMOYILLARI
Keywords:
Veterinariya axborot tizimi, raqamli integratsiya tamoyillari, idoralararo interoperabellik, real vaqt ma’lumot almashinuvi, riskka asoslangan nazorat, axborot xavfsizligi, huquqiy uyg‘unlikAbstract
Mazkur maqolada veterinariya sohasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish jarayonlari doirasida, Veterinariya yagona axborot tizimini (VYaAT) ishlab chiqishda, qo‘llaniladigan raqamli integratsiya tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotning dolzarbligi veterinariya nazorati, bioxavfsizlikni ta’minlash hamda xalqaro savdo talablariga moslashish sharoitida idoralararo axborot almashinuvining samaradorligini oshirish zarurati bilan belgilanadi. Xususan, VIS-Chegara tizimi bilan integratsiyalashgan muhitda ma’lumotlar almashinuvi, elektron identifikatsiya, real vaqt rejimidagi monitoring va riskka asoslangan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning maqsadi – veterinariya sohasida idoralararo interoperabellikni ta’minlashga qaratilgan raqamli integratsiya tamoyillarini tizimli ravishda tahlil qilish hamda ularni amaliyotga joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Ish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar, davlat axborot tizimlari integratsiyasi tajribasi va zamonaviy raqamli boshqaruv yondashuvlari tahlil qilindi.
Natijada markazlashgan boshqaruv va koordinatsiya, elektron identifikatsiya va hujjat aylanishi, real vaqt rejimidagi ma’lumot almashinuvi hamda riskka asoslangan nazorat tamoyillarining veterinariya tizimidagi o‘rni va amaliy ahamiyati asoslab berildi. Taklif etilgan yondashuvlar davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini optimallashtirish, takroriy tekshiruvlarni qisqartirish hamda nazorat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun, 2016 yil 9 dekabr, № ZRU-423. — Toshkent.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Idoralararo integratsiyalashuv platformasini (IIP/MSPD) joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror, 2022 yil 20 sentyabr, № 516. — Toshkent.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini raqamlashtirish va “Digital Government” tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Qaror, 2023 yil 16 sentyabr, № PP-286. — Toshkent.
4. O‘zbekiston Respublikasi. “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun, 2019 yil 2 iyul, № ZRU-535. — Toshkent.
5. O‘z DSt 2590:2012. Axborot texnologiyalari. Axborot tizimlarining o‘zaro mosligi (interoperabellik) bo‘yicha umumiy talablar. — Toshkent: O‘zstandart.
6. O‘z DSt 1135:2007. Axborot texnologiyalari. Ma’lumotlar almashinuvi formatlari va texnik talablar. — Toshkent: O‘zstandart.
7. European Commission. TRACES, TRAde Control and Expert System. Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. DOI: 10.2875/377232.
8. General Administration of Customs of China. Institutional integration model and e-CIQ digital platform materials.
9. Rahmonov Q.S., Rustamova M.Ya. Veterinariya yagona axborot tizimini ishlab chiqish jarayonlari. Open Academia: Journal of Scholarly Research, 2024.
10. Rustamova M.Ya., Boboqulov I.X. Veterinariya sohasida eksport-import jarayonlarini raqamlashtirish. Raqamli iqtisodiyot, 2025.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Rustamova Moxichexra Yaxshiboyevna

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.







