GASTROENTEROLOGIK KASALLIKLARNI KOʻP MEZONLI TASHXISLASH JARAYONLARI UCHUN AXBOROT MODELI

Authors

  • Aliqulov Akmal Xushmuratovich Muhammad al-Xоrazmiy nоmidagi TATU

Keywords:

Gastroenterologik kasalliklar, ko‘p mezonli tashxislash, axborot modeli, elektrogastrogramma signali, raqamli signalni qayta ishlash, Butterworth filtri, kosinus o‘xshashligi, biometrik signallar, tibbiy axborot tizimi, qaror qabul qilish modeli, IDEF0 diagrammasi, avtomatlashtirilgan tashxislash

Abstract

Mazkur tadqiqot ishida gastroenterologik kasalliklarni ko‘p mezonli tashxislash jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan axborot modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, taklif etilgan model bemordan olinadigan elektrogastrogramma signallari, klinik simptomlar, laborator va instrumental tekshiruv natijalarini kompleks tahlil qilishga asoslanadi. Axborot modeli signalni yig‘ish, filtrlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda matematik va algoritmik yondashuvlar asosida shakllantirilgan. Bemorning biofizik signallarini qayta ishlash jarayonida Butterworth bandpass filtri qo‘llanilib, signalning foydali chastota diapazonlari ajratib olinadi. Filtrlangan signal ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan diagnostik signallar bilan kosinus o‘xshashligi usuli yordamida solishtiriladi va kasalliklarga tegishlilik darajalari  aniqlanadi. Qaror qabul qilish jarayonida avtomatlashtirilgan algoritmlar bilan bir qatorda ekspert shifokor ishtiroki ham ta’minlanadi, bu esa tashxisning aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Tizimning funksional modeli IDEF0 diagrammalari asosida ishlab chiqilib, unda axborot oqimlari, kirish va chiqish ob’ektlari, boshqaruv va mexanizmlar aniq belgilangan. Tadqiqot natijalari gastroenterologik kasalliklarni tezkor, aniqligi yuqori va xolis tarzda tashxislash imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishga xizmat qiladi hamda tibbiy qaror qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2025-12-28

How to Cite

GASTROENTEROLOGIK KASALLIKLARNI KOʻP MEZONLI TASHXISLASH JARAYONLARI UCHUN AXBOROT MODELI. (2025). DIGITAL TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, 3(6), 164-173. https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v3i625